Stress-test va modellashtirish bo‘limi boshlig'i
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:50
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Moliya, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
- Bank tizimida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Ingliz tili B2 darajasida
Ish vazifalari
- Moliya tizimining turli shoklar hamda tizimli xatarlarga bardoshliligini baholash bo‘yicha to‘lovga qobiliyatlilik, likvidlik va iqlim stress-testlarini tashkil etish hamda ularning metodologiyasini takomillashtirish.
- Makroiqtisodiy ssenariylar, yordamchi ekonometrik modellar (satellite models) hamda makroprudensial buferlarni hisoblash bo‘yicha miqdoriy modellarni ishlab chiqish va qo‘llash jarayonlariga rahbarlik qilish.
- Stress-test natijalari, moliya tizimidagi o‘zaro bog‘liqlik va tizimli xatarlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshirish, xulosalar hamda takliflar tayyorlash.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










