Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bank nazorati birinchi boshqarmasi Yetakchi inspektor

Yangilangan sana: 12 Noy 2026, 19:10
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • Boshqarmada amaldagi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Markaziy bank boshqaruvi qarorlari, buyruqlari hamda farmoyishlari bajarilishini taʼminlash
  • Boshqarma faoliyatiga oid hisobot va maʼlumotlarni tayyorlashda direktor oʻrinbosari-boshqarma boshligʻiga koʻmaklashish, zaruratga koʻra boshqarma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan direktor oʻrinbosari-boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish
  • Banklarda oʻtkaziladigan kompleks, alohida masalalar yuzasidan (tematik) hamda nazorat tartibidagi inspeksiya (tekshirish)larda guruh aʼzosi sifatida ishtirok etish
  • Inspeksiya (tekshirish)lar oʻtkazish jarayonida ishchi guruh rahbari tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri va xolisona bajarilishini taʼminlash
  • Zarur hollarda, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari soʻrovlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida banklarda oʻtkaziladigan tekshirishlarda ishtirok etish

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Bank ishi, moliya, iqtisod, buxgalteriya va audit yoʻnalishida oliy maʼlumot
  • Bank-moliya sohasida ish tajribasi kamida 2 yil. Shundan kamida 1 yil tijorat bankining ichki audit yo'nalishida ishlaganligi ustunlik beradi.
  • Rus va ingliz tillari B2 darajasida
  • FRM, CFA, ACCA, PRM va boshqa xalqaro moliyaviy sertifikatlar ustunlik beradi

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12017.70
+15.6
EUR = 13179.81
+13.51
RUB = 146.39
+0.37
GBP = 15780.44
+58.89
JPY = 75.40
+0.06
CHF = 14404.53
+23.87
CNY = 1806.01
+3.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X