Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

HR xizmatlari boshqarmasi IT HR katta mutaxassisi

Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:23
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • To‘liq sikldagi IT-rekruting: Mahalliy va xalqaro platformalar (hh.uz, LinkedIn, GitHub va b.) orqali texnik hamda boshqaruv lavozimlariga nomzodlarni izlash, ularning kasbiy (Hard) va shaxsiy (Soft) ko‘nikmalarini baholash uchun dastlabki intervyularni tashkil etish.
  • Bozor tahlili va hisobotlar: O‘zbekiston va mintaqadagi IT mehnat bozorini muntazam o‘rganish, ish haqi miqdorini (Salary Benchmark) tahlil qilish hamda rekruting metrikalari (Time-to-hire, Cost-per-hire) bo‘yicha rahbariyatga hisobotlar berish.
  • IT HR-brend va ma’lumotlar bazasi: Universitet va IT-maktablar va konferensiyalar bilan hamkorlik qilish orqali bankning jozibadorligini (IT HR Brand) oshirish, ATS (Huntflow, Bitrix24) tizimlarida nomzodlar bazasini doimiy yangilab borish.
  • Qonunchilik va tahliliy takliflar: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va bank faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va shu asosda departament rahbariyatiga asoslangan takliflar tayyorlash.

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Amaliy matematika va informatika, Axborot texnologiyalari (IT) sohaga oid menejment sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga (bakalavr) ega boʻlish
  • Bank-moliya, IT-kompaniyalarda/bank-fintex sektorida yoki yirik tashkilotlarda Axborot texnologiyalari, yoki IT HR yoʻnalishida kamida 3 yillik ish tajriba.
  • Rus va ingliz tillari B2 darajasida
  • IT-rekruting, zamonaviy HR menejmenti, Agile/Scrum metodologiyasi yoki xedxanting (Headhunting) usullarini amalda qoʻllay olish.
  • Oʻzbekiston va MDH bozoridagi IT platformalar (HeadHunter / hh.uz, LinkedIn Recruiter, Habr Career, Telegram IT-hamjamiyatlari va chatlari, GitHub) orqali faol searching (nomzod izlash) qilishni bilish.
  • Microsoft Office (Excel — formulalar va hisobotlar, Power Point — sifatli taqdimotlar) va Google Workspace vositalarida erkin ishlash. Huntflow, Uzinfocom platformalari, Bitrix24 yoki shunga oʻxshash nomzodlarni boshqarish tizimlarida ishlay olish koʻnikmasi.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12017.70
+15.6
EUR = 13179.81
+13.51
RUB = 146.39
+0.37
GBP = 15780.44
+58.89
JPY = 75.40
+0.06
CHF = 14404.53
+23.87
CNY = 1806.01
+3.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X