Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kompensatsiyalar va samaradorlikni boshqarish boshqarmasi (KPI) katta mutaxassisi (muddatli mehnat shartnomasi asosida)

Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:24
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • Job Grading System metodologiyasini ishlab chiqish: greyd tizimining maqsadlari, tamoyillari va arxitekturasini belgilaydi, lavozimlar klassifikatsiyasi hamda mehnatga haq to‘lash tizimi, jumladan kompensatsiyalar va imtiyozlar — Total Reward o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni shakllantiradi.
  • Performance Management yillik siklini muvofiqlashtirish: elektron tizimda natijadorlikni boshqarishning to‘liq siklini muvofiqlashtiradi, jumladan maqsadlarni belgilash, ijro holatini monitoring qilish, oraliq muhokamalar, yakuniy baholash hamda natijalarni kalibrlash jarayonlarini tashkil etadi.
  • Monitoring, tahlil va hisobotlarni yuritish: ish haqi setkasi bo‘yicha ma’lumotlarni, jumladan Markaziy bank xodimlari soni bo‘yicha reja-fakt tahlili, ularning greydlari va lavozim maoshlarini tahlil qiladi, boshqaruv hisobotlari hamda tavsiyalar tayyorlaydi, bo‘linmalar va xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tendensiyalar hamda takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlaydi.
  • Mehnatga haq to‘lash fondi, boshqa to‘lovlar, imtiyozlar va rag‘batlantirish xarajatlari bo‘yicha budjetni o‘z vaqtida hamda sifatli shakllantirish: mehnat bozori, ish haqi darajalari bo‘yicha tahlil natijalari hamda ish haqini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tasdiqlangan foiz asosida budjetni ishlab chiqadi. Budjetni shakllantirishda xodimlar soni bo‘yicha R2R (Ready to Run) rejasi va shtat jadvaliga asoslanadi.

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, menejment, inson resurslarini boshqarish, mehnat iqtisodiyoti, statistika, matematika yoki lavozim funksiyalariga mos boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish
  • Inson resurslarini boshqarish, kompensatsiyalar, mehnatga haq to‘lash, xodimlar samaradorligi, KPI, HR-analitika yoki tashkiliy rivojlanish sohalarida kamida 2 yillik ish tajribasi.
  • Rus va ingliz tilini B2 darajada bilishi talab etiladi
  • HR, kompensatsiyalar, mehnatga haq to‘lash, HR-analitika yoki samaradorlikni boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha professional ta’lim va sertifikatlar ustunlik beradi
  • Sohaviy yo‘nalishga muvofiq. HR, kompensatsiyalar, mehnatga haq to‘lash, HR-analitika yoki samaradorlikni boshqarish yo‘nalishlaridagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi ustunlik beradi

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12017.70
+15.6
EUR = 13179.81
+13.51
RUB = 146.39
+0.37
GBP = 15780.44
+58.89
JPY = 75.40
+0.06
CHF = 14404.53
+23.87
CNY = 1806.01
+3.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X