Buхgalteriya hisobini tartibga solish uslubiyoti boshqarmasi katta mutaxassisi
Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:22
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Boshqarma tomonidan kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
- Boshqarma tomonidan kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar, qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
- Boshqarma tomonidan kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimi boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Bank moliya tizimi yoki yuridik sohasida kamida 1 yil ish tajribasi
- Rus tili B2, ingliz tili B1 darajasida
- ACCA, CFA, FRM sertifikatlar nomzodlarga ustunlik beriladi
- IFRS 9, IFRS 16, IAS 19, IAS 36, IAS 37 kabi xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi
- Banklarda MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, transformatsiya qilish yoki MHXSga oʻtish loyihalarida amaliy tajribaga ega boʻlishi
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










