Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bosh boshqarma boshlig'i o'rinbosari

Yangilangan sana: 12 Noy 2026, 18:22
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • Bank filiallarining moliyaviy holati va to‘lovga layoqatliligi, aktivlar (kreditlar) sifatini tasniflash, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirilishi va yetarlilik darajasi, aktivlarning xatarlilik va likvidlilik darajasini doimiy tahlil qilish, hisobdan chiqarilgan muammoli aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash va rahbariyatiga taqdim etish;
  • Bank filiallari kredit portfelidagi risklar, tahlil natijalari bo‘yicha yuzaga kelgan muammoli kreditlar, potensial muammoli kreditlar, hisobdan chiqariladigan kreditlar to‘g‘risidagi (sog‘lomlashtiriladigan va undirilishi istiqbolsiz kreditlar), muddati uzaytirilgan kreditlar, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni undirilishi, kreditlar bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mol-mulklarni sotilishini hamda boshqa aktivlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim qilish;
  • Xalqaro valyuta operatsiyalari hisobini yuritish ITRS, FERUZ axborot tizimlari hamda Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axboroti (E-kontakt) tizimi dasturlaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda tijorat banklarining valyuta operatsiyalari bo‘yicha tahliliy jadvallarni tayyorlash va ular bo‘yicha tegishli takliflarni rahbariyatga kiritish;
  • Valyuta ayriboshlash shaxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari shaxobchalari faoliyatini tashkil etish hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarni tahlil qilib borish hamda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha rahbariyatga ma’lumotlar kiritish;
  • Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining so‘rovlariga asosan kredit tashkilotlari va (yoki) ularning filiallarida amalga oshirilgan operatsiyalar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tekshirishlar o‘tkazish, tekshirishlar davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim qilish;
  • Zaruriyatga ko‘ra, inspeksiya (tekshiruv) jarayonida kredit tashkilotlari va (yoki) ularning bo‘linmalari moliyaviy holati va faoliyatiga xos tavakkalchiliklarga baho berish hamda ularning faoliyatini sog‘lomlashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash va tegishli ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Inspeksiya tekshirishlar davomida tijorat banklarining daromad va xarajatlarini to‘g‘ri shakllantirishini tahlil qilgan holda bank aktivlarini klassifikatsiya qilib, daromad keltirmaydigan aktivlar qismini aniqlash va zaxira shakllantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va takliflar berish;

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma'lumot (Bank ishi, moliya, iqtisod)
  • Bank tizimida rahbarlik lavozimlarida kamida 3 yil ish tajribasi
  • Rus tili B2, Ingliz tili B1 darajasida
  • "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi, "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi, "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi, "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasiga oid qaror va farmonlari hamda bank tizimiga doir me'yoriy hujjatlarni bilishi lozim.
  • Tijorat bank balansini, tijorat banklarining moliyaviy-iqtisodiy asosiy jihatlarini, tijorat banklarining asosiy operatsiyalari, bank auditi asoslari va marketing hamda boshqarish asoslarini bilishi lozim.


Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12017.70
+15.6
EUR = 13179.81
+13.51
RUB = 146.39
+0.37
GBP = 15780.44
+58.89
JPY = 75.40
+0.06
CHF = 14404.53
+23.87
CNY = 1806.01
+3.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X