Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻlimi bosh iqtisodchisi
Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:12
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Tijorat banklari tomonidan Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash yuzasidan maqsadli dasturlar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarorlar asosida) ijrosi yuzasidan moliyalashtirish masalalarida tijorat banklari faoliyatini monitoring va maʼlumotlar baʼzasini tahlil qilish ishlarini boshqarma ichidagi taqsimot doirasida amalga oshiradi.
- Katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirgan holda hisobotlar tayyorlash
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy-moliyaviy maʼlumot
- Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi
- Rus tili B1, ingliz tili A2 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










