Maʼmuriy xizmat muxandisi (qurilish ishlari bo‘yicha)
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar:
-
Bosh boshqarma maʼmuriy binosida qurilish yoki taʼmirlash ishlari bo‘yicha davlat idoralari bilan yozishmalar olib borish, loyixa institutlari bilan ishlash, tegishli xujjatlarni tayyorlash ishlarini olib borish
-
Bino bo‘yicha nuqson dalolatnomasini tuzish, loyixa smeta xujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish
-
Binoda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlarini qabul qilish
Talablar:
-
Maʼlumoti: Qurilish muxandislik yo‘nalishidagi oliy maʼlumot.
-
Ish tajribasi: qurilish soxasida kamida 3 yillik ish tajribasi talab etiladi
-
Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
-
Chet tillarni bilish darajasi: rus tili - loyixa smeta xujjatlari bilan ishlashda foydalanadi.
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo‘lish lozim.
-
MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
-
Masʼuliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o‘z ustida ishlay olishi lozim.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.










