To‘lov tizimlari infratuzilmalari va axborot texnologiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 22:03
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Maʼlumoti: Oliy (Axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy maʼlumot)
- Ish tajribasi: Ushbu yo‘nalishda kamida 2 yillik ish tajribasi talab etiladi
- Chet tillarni bilish darajasi: rus tili B1, ingliz tili B1 darajasida
Ish vazifalari
- Viloyat tijorat banklariga bo‘lim vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Bosh boshqarmaning topshiriqlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar beradi hamda ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- Axborot tizimlari ishida sodir bo‘lgan uzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi
- Bosh boshqarmada elektron hujjatlar aylanishi tizimidan foydalanishni tashkil qilishda ishtirok etadi
- Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar, o‘rnatilgan terminlar va bankomatlar bo‘yicha hisobotlarni yig‘adi, umumlashtiradi va tahlil qiladi, prognoz rejalarni bajarilishini nazorat qiladi
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










