Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqаrmasi – Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻlimi yetakchi iqtisodchisi (Muddatli mehnat shartnomasi asosida)

Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:12
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.

Majburiyatlar

  • Mahalla bankiri” faoliyatini muvofiqlashtirish: Aholiga biznesni boshlash, kredit olish va yangi ish oʻrinlari yaratishda koʻmaklashish tizimini boshqarish.
  • Imtiyozli kreditlar samaradorligini tahlil qilish: Oilaviy tadbirkorlik, ayollar va yoshlar biznesi hamda kam taʼminlangan oilalarga ajratilgan mablagʻlarning bandlikka taʼsirini oʻrganish.
  • Davlat dasturlari ijrosini tashkil etish: Prezident va Hukumat qarorlari asosida aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan bank loyihalarini nazorat qilish.
  • Xizmatlar shaffofligi va murojaatlar bilan ishlash: Bank xizmatlarini elektron platformalar orqali tizimlashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish.

Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma'lumot
  • Bank tizimida kamida 2 yil ish tajribasi
  • Rus tili B1 darajasida

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12017.70
+15.6
EUR = 13179.81
+13.51
RUB = 146.39
+0.37
GBP = 15780.44
+58.89
JPY = 75.40
+0.06
CHF = 14404.53
+23.87
CNY = 1806.01
+3.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X