Toʻlov tizimlari subyektlarini inspeksiya qilish boshqarmasi Katta inspektor
Yangilangan sana: 22 Iyul 2026, 16:26
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Toʻlov tizimlari subyektlarining (toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari va banklar) tavakkalchiliklarini baholash natijalari asosida inspeksiyadan oʻtkazishda hamda ayrim masalalar boʻyicha tematik inspeksiyalar oʻtkazishda hamda huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari soʻrovlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan oʻtkaziladigan tekshirishlarda ishtirok etish.
- Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi va boshqaruvi qarorlari bilan Departamentga bank tizimida toʻlov jarayonlarini monitoring qilish, toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarini masofaviy nazorat qilish hamda toʻlov tizimlari subyektlarini inspeksiyadan oʻtkazishga oid yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini oʻz vakolati doirasida taʼminlash.
- Toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari operatorlarini masofaviy nazorat hamda inspeksiya qilish (tekshirish) orqali, ular faoliyatiga xos tavakkalchiliklarga baho berish.
- Tavakkalchiliklarni baholash hamda ularda toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi bilan bogʻliq aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishda ishtirok etish.
- Toʻlov tizimi subyektlari tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish va toʻlov tizimida ishlash tartibi buzilgan hollarda ularga nisbatan tegishli chora va sanksiyalar qoʻllash masalasi boʻyicha Bank nazorati qoʻmitasiga taklif tayyorlash.
- Xalqaro miqyosdagi ilgʻor va yetakchi toʻlov tizimlari faoliyatini nazorat qilish sohasini oʻrganish va ularni respublika toʻlov tizimiga tatbiq etish maqsadida takliflar ishlab chiqish.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot (Iqtisodiyot, Bank ishi, Moliya, Raqamli iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari, Axborot xavfsizligi)
- Bank-moliya yoki iqtisod yoki toʻlov tizimlarida kamida 2 yillik ish tajribasi
- Rus tili B2 va ingliz tili B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










