Operatsion riskni nazorat qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Yangilangan sana: 10 Noy 2026, 10:46
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Operatsion risklar bo‘yicha riskka asoslangan gorizontal tahlillar, tematik o‘rganishlar hamda boshqa tahliliy tadbirlarda ishtirok etish;
- Operatsion risklarni monitoring qilish, asosiy risk indikatorlarini tahlil qilish hamda ular bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
- Operatsion risklar bo‘yicha tahlil o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va qayta ishlash;
- Operatsion risklarni nazorat qilish sohasiga oid ma’lumotnomalar, sharhlar, hisobotlar va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish;
- Vakolat doirasida banklarda joyiga chiqqan holda tematik tekshiruvlarda ishtirok etish.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, audit yoki risklarni boshqarish yo'nalishlari bo'yicha);
- Bank nazorati, risklarni boshqarish, bank tahlili, ichki audit yoki bank-moliya sohasidagi boshqa tegishli yo'nalishlarda kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Rus va ingliz tillari B1 darajasida
- FRM (Financial Risk Manager), PRM (Professional Risk Manager), CFA (Chartered Financial Analyst), CIA (Certified Internal Auditor), ACCA va boshqa xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo'lish nomzodga ustunlik beradi;
- Bank nazorati, risklarni boshqarish, bank tahlili, ichki audit yoki bank-moliya sohasidagi boshqa tegishli yo'nalishlarda kamida 2 yillik ish tajribasi; ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish va tahlil qilish bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lish;
- Riskka asoslangan bank nazorati tamoyillari, operatsion risklarni boshqarish bo'yicha xalqaro standartlar, operatsion barqarorlik va biznes jarayonlari uzluksizligi tamoyillari, ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish usullarini bilish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










