Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kotibiyat rahbari

Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:45
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

pdf 1.7 МБ
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom

Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
  • Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
  • Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Islomshunoslik, Islom huquqi (fiqh), usulul fiqh yoki fiqhul muamalat mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga yoki Islom huquqi (fiqh), usulul fiqh yoxud fiqhul muamalat fanlari oʻqitilgan mutaxassislik boʻyicha, shuningdek bank ishi, moliya, iqtisodiyot yoki huquq yoʻnalishida oliy maʼlumotga ega boʻlishi.
  • Islom huquqini qoʻllash sohasida kamida 3 yillik tajribaga, shu jumladan Islom huquqi yoki islomiy moliya boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish, Islom huquqi yoki islomiy moliya boʻyicha tadqiqot yoki pedagogik faoliyatni olib borish tajribasiga ega boʻlishi
  • Arab tilini yaxshi bilishi, shu jumladan arab tilidagi fiqhiy masalalarga oid birlamchi manbalarni oʻqiganda tushunishi va izohlay olishi
  • Islomiy moliya mahsulotlari va xizmatlarini islom huquqshunosligi (fiqh) asosida tahlil qilish salohiyatiga ega boʻlishi
  • AAOIFI tomonidan berilgan CSAA (Certified Shariah Adviser and Auditor), CPAAGE (Certificate of Proficiency in Audit, Assurance, Governance and Ethics), CIPA (Certified Islamic Professional Accountant), CSE (Certified Sharia Expert) yoki CPSS (Certificate of Proficiency in Shariah Standards) sertifikatidan biriga yoki Islom huquqi va islomiy moliya boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi
  • Ingliz va arab tillari B2 darajasida

Ish vazifalari

  • Markaziy bankning islomiy moliya kengashi, Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida samarali axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish
  • Islomiy moliya standartlari loyihalarini ishlab chiqishda Markaziy bankning islomiy moliya kengashiga koʻmaklashish
  • Markaziy bankning islomiy moliya kengashi majlislarini rejalashtirish, tashkil etish hamda Kengash majlisi uchun materiallarni Kengash aʼzolariga yetkazish
  • Markaziy bankka islomiy moliya standartlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni va boshqa soʻrovlarni Markaziy bankning islomiy moliya kengashi aʼzolariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash
  • Markaziy bankning islomiy moliya kengashi majlislarini bayonlashtirib borish, kengash qarorlari, xulosalari, kengashga kelgan murojaatlar va boshqa hujjatlarni roʻyxatga olish hamda ularning reyestrini yuritish
  • Markaziy bankning islomiy moliya kengashi soʻroviga koʻra, islomiy moliya masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish hamda kengashning tadqiqotlar olib borish vazifasini muvofiqlashtirish

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11952.10
+36.46
EUR = 13779.58
+30.12
RUB = 145.21
-0.98
GBP = 16066.01
+31.13
JPY = 75.47
-0.01
CHF = 14748.40
+28.65
CNY = 1771.31
+5.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X