Katta mutaxassis
Yangilangan sana: 7 Avg 2026, 21:45
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Islomshunoslik, Islom huquqi (fiqh), usulul fiqh yoki fiqhul muamalat mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga yoki Islom huquqi (fiqh), usulul fiqh yoxud fiqhul muamalat fanlari oʻqitilgan mutaxassislik boʻyicha, shuningdek bank ishi, moliya, iqtisodiyot yoki huquq yoʻnalishida oliy maʼlumotga ega boʻlishi.
- Islom huquqini qoʻllash sohasida kamida 2 yillik tajribaga, shu jumladan Islom huquqi yoki islomiy moliya boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish, Islom huquqi yoki islomiy moliya boʻyicha tadqiqot yoki pedagogik faoliyatni olib borish tajribasiga ega boʻlishi.
- Arab tilini yaxshi bilishi, shu jumladan arab tilidagi fiqhiy masalalarga oid birlamchi manbalarni oʻqiganda tushunishi va izohlay olishi;
- Islomiy moliya mahsulotlari va xizmatlarini islom huquqshunosligi (fiqh) asosida tahlil qilish salohiyatiga ega boʻlishi.
- AAOIFI tomonidan berilgan CSAA (Certified Shariah Adviser and Auditor), CPAAGE (Certificate of Proficiency in Audit, Assurance, Governance and Ethics), CIPA (Certified Islamic Professional Accountant), CSE (Certified Sharia Expert) yoki CPSS (Certificate of Proficiency in Shariah Standards) sertifikatidan biriga yoki Islom huquqi va islomiy moliya boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
- Ingliz va arab tillari B2 darajasida
Ish vazifalari
- Markaziy bankning islomiy moliya kengashi, Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasida samarali axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
- Islomiy moliya standartlari loyihalarini ishlab chiqishda Markaziy bankning islomiy moliya kengashiga koʻmaklashish;
- Markaziy bankning islomiy moliya kengashi majlislarini rejalashtirish, tashkil etish hamda Kengash majlisi uchun materiallarni Kengash aʼzolariga yetkazish;
- Markaziy bankga islomiy moliya standartlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni va boshqa soʻrovlarni Markaziy bankning islomiy moliya kengashi aʼzolariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash;
- Markaziy bankning islomiy moliya kengashi majlislarini bayonlashtirib borish, kengash qarorlari, xulosalari, kengashga kelgan murojaatlar va boshqa hujjatlarni roʻyxatga olish hamda ularning reyestrini yuritish;
- Markaziy bankning islomiy moliya kengashi soʻroviga koʻra, islomiy moliya masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish hamda kengashning tadqiqotlar olib borish vazifasini muvofiqlashtirish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










