Banklarni sanatsiya qilish va tugatish ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi katta mutaxassisi
Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:18
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Banklarni sanatsiya qilish va tugatish jarayonlarini amaliy jihatdan tashkil etish, tahlil qilish va muvofiqlashtirishda faol ishtirok etish, to‘lovga qobiliyatsiz yoki shunday holat xavfi yuqori bo‘lgan banklar bo‘yicha sanatsiya va tugatish jarayonlarini amalga oshirishda ishtirok etish
- Banklarni sanatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan tartib-taomillarni tashkil etish va ularda qatnashish, sanatsiya qilish vositalarini qo‘llash jarayonlarini tashkillashtirish; banklarni ixtiyoriy va majburiy tugatish jarayonlarini muvofiqlashtirish
- Tugatuvchi (tugatish komissiyasi) faoliyatini muntazam o‘rganish va monitoring qilish, banklar kesimida tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va ma’lumotnomalar tayyorlash, bankni oraliq va yakuniy tugatish balanslari, moliyaviy hisobotlari va boshqa ma’lumotlarini tahlil qiladi hamda tegishli xulosalar tayyorlash, banklarni sanatsiya qilish va tugatish jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot. Moliya-iqtisod yoki yurisprudensiya yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura darajasiga ega bo‘lish nomzodga ustunlik beradi
- Bank-moliya tizimida yoki huquq sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
- Ingliz tili B2 darajada, Rus tili B2 darajada
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










