Fintex infratuzilmasi, tartibga solish qumdoni va innovatsiyalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi
Yangilangan sana: 9 Noy 2026, 16:20
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Boshqaruv qarori va 1043-sonli Nizom
Tanlov jarayonlari quyidagi tartibda tashkil etilgan:
- Tanlovda ishtirok etish uchun: t.me/cbu_official_bot
- Tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar t.me/CBUHRM kanalida e’lon qilinadi
- Tanlovning ikkinchi bosqich (Ekspert guruhi suhbati) https://youtube.com/@cbubroadcast kanalida translyatsiya qilinadi.
Majburiyatlar
- Qumdon va texnik sinov muhiti boʻyicha arizalar, loyihalar reestri, test muddatlari va masʼullar jadvalini yuritadi.
- Pilot loyihalar holati, indikatorlari, muammolari va xavf signallari boʻyicha dastlabki monitoring materiallarini tayyorlaydi.
- Boʻlim boshligʻi va katta mutaxassis topshiriqlari asosida maʼlumotlarni jamlaydi, solishtirma tahlil va prezentatsiya loyihalarini tayyorlaydi.
- Fintech kompaniyalari, toʻlov tashkilotlari, banklar va texnologik hamkorlar bilan innovatsion loyihalar boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
- Moliyaviy texnologiyalar sohasida tahliliy materiallar, takliflar va hisobotlar tayyorlash.
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot: iqtisodiyot, moliya, bank ishi, huquq, axborot texnologiyalari, xalqaro munosabatlar yoki biznes boshqaruvi yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega boʻlishi
- Zarur sertifikatlar va litsenziyalar: sohaviy yoʻnalishga muvofiq; xalqaro fintex, regtech, data analytics, project management, cybersecurity yoki financial regulation yoʻnalishidagi sertifikatlar ustunlik beradi.
- Moliya bozorlari, raqamli moliya va toʻlov tizimlari boʻyicha nazariy bilimlarga ega boʻlishi
- Moliya, bank ishi, to‘lov tizimlari, fintex, innovatsion rivojlanish, startap ekotizimi, raqamli transformatsiya, investitsiya va grant loyihalari, xalqaro loyihalarni muvofiqlashtirish, davlat siyosati va strategik dasturlarni ishlab chiqish sohalarida kamida 1 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
- Rus va ingliz tillari B1 darajasida
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli










