Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
72493

Pul-kredit siyosati maqsadi va tamoyillari

Yangilangan sana:  30 May 2024, 14:47

Pul-kredit siyosati

Pul-kredit siyosati - Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan va iqtisodiyotda narxlar barqarorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.

Pul-kredit siyosatining maqsadi

Pul-kredit siyosatining maqsadi - iqtisodiyotda narxlar barqarorligini taʼminlash. Markaziy bank inflyatsiyani past va barqaror darajada bo‘lishini ta`minlash orqali aholi daromadlarining qadrsizlanishini oldini olishga hamda barqaror inklyuziv iqtisodiy oʼsishga zaruriy sharoitlar yaratadi.

Inflyatsion targetlash rejimi

Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi – targeti belgilanadi hamda Markaziy bankning barcha xatti-harakatlari inflyatsiyaning ushbu target darajasi atrofida boʼlishiga qaratiladi.

Oʼzbekiston Respublikasida 2019 yil 18 noyabrdagi 5877-sonli Prezident Farmoni bilan pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʼtishi belgilangan. Mazkur Farmon bilan inflyatsiya boʼyicha target 5 foiz etib belgilangan.

2019 yil. PF-5877 “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʼtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʼgʼrisida”

 

Pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari

  • Inflyatsiya darajasining target (maqsadli) koʼrsatkichi belgilanadi va pul-kredit siyosatining barcha choralari ushbu targetga erishishga qaratiladi;

  • Markaziy bank asosiy stavkasi pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti hisoblanadi;

  • Pul-kredit siyosati operatsion mexanizmi mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi;

  • Pul-kredit siyosati boʼyicha qabul qilinayotgan qarorlar va choralar makroiqtisodiy tahlil va prognozlarga asoslanadi;

  • Pul-kredit sohasidagi oʼzgarishlar shaffof tarzda amalga oshiriladi va keng jamoatchilikka batafsil tushuntirib boriladi.

      

pdf 432.8 КБ
Pul-kredit siyosatining tamoyillar mohiyati.

pdf 1.1 МБ
Oʼzbekistonda inflyatsion targetlashga oʼtishning istiqbollari, mavjud shart-sharoitlar va muammolar.

pdf 2.2 МБ
Oʼzbekiston_Inflyatsion targetlash rejimiga oʼtish.

pdf 865.0 КБ
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Kontseptsiyasi.





USD = 12557.67
+2.51
EUR = 13448.01
+17.76
RUB = 147.37
-0.32
GBP = 15882.94
+3.17
JPY = 78.15
-0.07
CHF = 13963.83
-31.44
CNY = 1729.11
+1.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X