Pul-kredit siyosatining asosiy yönalişlari Markaziy bankning joriy makroiqtisodiy vaziyat böyiça tahlillari va örta muddatli prognozlariga asoslanib, narxlar barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan ustuvor vazifalarini belgilaydi.
Hujjatda Markaziy bankning örta muddatli istiqbolda kutilayotgan makroiqtisodiy rivojlaniş böyiça qaraşlari, ehtimoliy makroiqtisodiy xatarlar asosida muqobil ssenariylar, inflyatsiyani 5 foizlik targetgaça pasaytiriş va uşbu darajada barqaror saqlaş uçun zarur pul-kredit şaroitlari hamda pul-kredit siyosati samaradorligini oşiriş çoralari yoritilgan.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini narxlar barqarorligini taʼminlaş va inflyatsiyani 2027 yil yakunlari bilan 5 foizlik maqsadli körsatkiç doirasida şakllanişi maqsadidan kelib çiqib amalga oşiradi. Bunda asosiy stavka böyiça qarorlar inflyatsiya prognozlari, inflyatsion kutilmalar, yalpi talab va taklif nisbati, şuningdek, taşqi va içki makroiqtisodiy şaroitlarning özgarişi asosida qabul qilinadi.
2027-2029 yillardagi makroiqtisodiy rivojlanişning asosiy ssenariysi
Asosiy ssenariy taşqi va içki iqtisodiy şaroitlarning kelgusida bosqiçma-bosqiç muvozanatlaşuviga asoslanadi. Xususan, taşqi şaroitlarda geosiyosiy mojarolarning passiv bosqiçga ötişi va neft narxlarining pasayib borişi hamda asosiy savdo hamkorlarda iqtisodiy ösişning möʼtadil davom etişi nazarda tutilgan. Şuningdek, içki iqtisodiy şaroitlarda umumiy fiskal taqçillikning YaIMga nisbatan 3 foiz atrofida saqlanişi, kreditlaş va içki talab ösişining muvozanatlaşuvi, tartibga solinadigan narxlar islohotlari yakunlanişi hamda prognoz davrida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişi faraz qilinmoqda.
Uşbu şartlar amalga oşgan taqdirda, iqtisodiy ösiş 2027 yilda 7-7,5 foiz, 2028-2029 yillarda 6,5-7,5 foiz atrofida şakllanişi va iqtisodiy faollikning potensial ösiş surʼatlariga yaqinlaşişi kutilmoqda.
Prognozlarga köra, umumiy inflyatsiya 2027 yilning ikkinçi yarmida 5 foizlik targetgaça pasayadi, 2028-2029 yillarda esa uşbu daraja atrofida barqarorlaşadi. Bazaviy inflyatsiyaning 2027 yilda 4-5 foizgaça pasayişi kutilmoqda. Bunda avvalgi yillardagi energiya resurslari va kommunal xizmatlar tariflari oşişining bevosita taʼsiri tugaşi, qatʼiy pul-kredit şaroitlari taʼsirida yalpi talab ösişining muvozanatlaşuvi, taşqi narx bosimining yumşaşi va içki taklif imkoniyatlarining kengayişi muhim omillar böladi.
Pul-kredit siyosati
Asosiy ssenariyga köra, 2026-2027 yillarda pul-kredit şaroitlarini qatʼiy darajada saqlaş közda tutilgan. 2027 yilda pul bozoridagi UZONIA stavkasining real hisobda 6-7 foiz atrofida şakllanişi prognoz qilinmoqda. Bu içki talab ösişini muvozanatlaştiriş, inflyatsion kutilmalarni pasaytiriş, milliy valyutada jamğarişga rağbatni saqlaş va narxlar ösişining ikkilamçi taʼsirlarini jilovlaşga xizmat qiladi.
Inflyatsiyaning maqsadli körsatkiç atrofida barqarorlaşuvi va inflyatsion bosimlarning pasayişi uçun yetarli şart-şaroitlar yuzaga kelgan taqdirda, pul-kredit şaroitlarini bosqiçma-bosqiç neytral darajaga yaqinlaştiriş imkoniyati körib çiqiladi. Pul-kredit şaroitlarini yumşatiş böyiça qarorlar inflyatsiya dinamikasi va makroiqtisodiy şaroitlarga boğliq böladi. Inflyatsion bosim kuçaygan yoki ikkilamçi taʼsirlar kutilganidan yuqori bölgan taqdirda, qatʼiy pul-kredit şaroitlari uzoqroq muddat saqlanişi mumkin.
Makroiqtisodiy rivojlanişning muqobil ssenariylari
Asosiy ssenariydan çetlanişga olib kelişi mumkin bölgan taşqi va içki xatarlar alohida baholandi. Ular qatoriga asosiy savdo hamkorlari valyutalarining sezilarli qadrsizlanişi, neft va jahon oziq-ovqat narxlarining keskin oşişi, şuningdek, bank tizimida raqobat kuçayişi hisobiga kreditlaşning jadallaşuvi kiritilgan.
Hisob-kitoblarga köra, mazkur omillar inflyatsiyani asosiy ssenariyga nisbatan oşirişi mumkin. Ular röyobga çiqqan taqdirda, pul-kredit siyosati yuzaga kelgan makroiqtisodiy şaroitlarga muvofiq qayta körib çiqiladi. Bunda asosiy eʼtibor inflyatsiyani örta muddatli istiqbolda 5 foizlik maqsadli darajaga qaytarişga qaratiladi.
Pul-kredit siyosati samaradorligini oşirişning ustuvor yönalişlari
2027-2029 yillarda pul-kredit siyosati transmissiyasini kuçaytiriş va uning institutsional asoslarini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, pul-kredit siyosatining uzoq muddatli tamoyillari va ustuvor vazifalarini belgilaş uçun Pul-kredit siyosati strategiyasi işlab çiqiladi. Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni amaliyotga töliq joriy etiş uçun alohida Yöl xaritasi işlab çiqilib, uning ijrosi muntazam monitoring qilib boriladi.
Şuningdek, tarkibiy likvidlik profitsiti şaroitida bank tizimi likvidligini boşqariş va operatsion mexanizmni takomillaştiriş, foiz koridorini qayta körib çiqiş, garov aktivlariga nisbatan yagona mezonlarni joriy etiş hamda UZONIAning pul bozoridagi bençmark rolini kuçaytiriş rejalaştirilgan.
Islomiy banklar uçun şariat tamoyillariga muvofiq likvidlikni jalb qiliş va taqdim etiş instrumentlarini işlab çiqiş hamda joriy etiş böyiça işlar davom ettiriladi.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlaş salohiyatini rivojlantiriş maqsadida prognozlaş va tahlil tizimi, çoraklik prognoz modeli modernizatsiya qilinadi, ehtimoliy prognozlaş yondaşuvlari va muqobil ssenariylardan foydalaniş kengaytiriladi. Bu noaniqliklarni çuqurroq hisobga oliş va pul-kredit siyosati qarorlarini yanada asosli qabul qiliş imkonini beradi.
Bundan taşqari, pul va moliya bozorlari infratuzilmasini rivojlantiriş, derivativlar bozorini rivojlantiriş, foiz va valyuta xatarlarini xedjirlaş instrumentlarini kengaytiriş hamda içki valyuta bozorining likvidligi va samaradorligini oşiriş çoralari amalga oşiriladi.
Pul-kredit siyosati kommunikatsiyasining tuşunarliligi, izçilligi va hisobdorligini oşiriş ham ustuvor vazifalardan bölib qoladi.
Bu borada Pul-kredit siyosati kommunikatsiyasi umumiy strategiyasi işlab çiqilib, uni amalga oşiriş böyiça Yöl xaritasi şakllantiriladi. Unda asosiy stavka böyiça qarorlarning asoslari, inflyatsiya prognozlari va xatarlari, iqtisodiy şaroitlar özgarişiga Markaziy bankning javobi hamda inflyatsion targetga erişiş böyiça hisobdorlikni yoritiş masalalari qamrab olinadi.
Pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028-2029 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari konseptual loyihasi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va bildirilgan takliflar asosida takomillaştiriladi.
Pul-kredit siyosatining 2027 yil va 2028–2029 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari konseptual loyihasi.










