Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Joriy xalqaro operatsiyalar haqida nimalarni bilasiz?

Yangilangan sana:  18 Fev 2020, 09:09
17 Fev 2020

Tashqi savdo va nosavdo operatsiyalar joriy xalqaro operatsiyalar sirasiga kiradi.

Tashqi savdo operatsiyalariga asosan tovarlar va xizmatlar eksporti hamda importi kontraktlari bo‘yicha to‘lovlar kiradi. Ya’ni tovarlarni chet elga sotish – bu eksport, tovar va xizmatlarni chet el korxonalaridan sotib olish esa – import.

Chet davlatlarga investitsiya qilinganda (biznesga pul tikilsa), olingan sof foyda ushbu biznesga pul tikkan shaxslar orasida dividendlar shaklida taqsimlanadi. Ushbu operatsiyalar ham joriy xalqaro operatsiyalarga kiradi.

Agar siz xalqaro xizmatlar masalasida bankka ishingiz tushsa, “komissiya” tushunchasiga duch kelasiz. Xorijga to‘lovlarni amalga oshirish, pul o‘tkazish va xizmat ko‘rsatganligi uchun bank mijozlardan komissiya undiradi. Agar mijoz bankka depozitga pul qo‘ysa, ushbu foizlar bank tomonidan mijozga to‘lanadi. Foiz to‘lovlari ham joriy xalqaro operatsiyalarga kiradi.

Aholining xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali chet davlatlarga pul yuborish ham joriy xalqaro operatsiya hisoblanadi. Bundan tashqari, istalgan narsani sotib olish, o‘qish hamda tibbiy xizmatlar uchun to‘lovlar ham ushbu guruhga kiradi.

Tasavvur qiling, korxonangiz xorijdan kredit oldi. Tasdiqlangan grafikka asosan kredit va foiz to‘lovlarini amalga oshirasiz, har oy bankka qanchadir pul to‘laysiz. Agarki sizning korxonangiz ushbu grafikdagi ikki oylik to‘lovini bir martada o‘tkazsa, bu operatsiya joriy hisoblanadi.

O‘zbekistonda barcha joriy xalqaro operatsiyalar hamda u bilan bog‘liq chet el valyutasi sotib olinishi ham, sotilishi ham cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Umid XUDOYNAZAROV,
Valyutani tartibga solish va
to‘lov balansi departamenti etakchi iqtisodchisi


USD = 12654.57
-12.43
EUR = 13483.44
+1.95
RUB = 135.26
-0.51
GBP = 15799.23
+26.28
JPY = 82.24
-0.39
CHF = 13860.43
+4.6
CNY = 1748.18
-2.03
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X