Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Şikastlangan tanganing tölovga yaroqliligi haqida

Yangilangan sana: 27 Okt 2026, 21:31
27 Okt 2026

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videomurojaatda markaziy qismi ajralgan 1000 sömlik tanganing tölovga yaroqliligi yuzasidan savol bildirilgan.

Tijorat banklarida kassa işini taşkil etiş, naqd pul va boşqa qimmatliklarni inkassatsiya qilişga doir yö‘riqnomaning 25-ilovasi 4-bandiga muvofiq, şikastlaniş turidan qat’i nazar, özining töla hajmini, old tomonidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga şubha tuğdirmaydigan metall tangalar tölovga yaroqli hisoblanadi.

Şu bois tanganing markaziy qismi mavjud emasligi bilan uning qismlari bir-biridan ajralgan holatni farqlaş lozim. Markaziy qismi yöqolgan tanga özining töla hajmini saqlab qolmagani sababli mazkur talabga javob bermaydi.

Fuqarolar şikastlangan tangani, ajralgan qismlari mavjud bölsa, ular bilan birga tijorat banki kassasiga taqdim etişi mumkin. Tanganing tölovga yaroqliligi va uni almaştiriş imkoniyati bank mutaxassislari tomonidan belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi. Zarur hollarda tanga ekspertizaga qabul qilinadi.

Bank tizimi faoliyati, jumladan, naqd pullarni qabul qiliş va almaştiriş bilan boğliq savol yoki murojaatlaringizni Markaziy bankning (+998 71) 200-00-44 işonç telefoni, info@cbu.uz elektron manzili hamda tijorat banklarining rasmiy aloqa kanallari orqali yöllaşingiz mumkin. Şuningdek, bank xizmatlariga oid savol va takliflaringizni “Bankda nima gap?” loyihasining @tajriba_lab_bot manzili orqali ham yuborişingiz mumkin.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X