Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jahon banki ekspertlari hamkorligida seminar-trening o‘tkazildi

Yangilangan sana:  28 Fev 2020, 16:45
28 Fev 2020

Markaziy bankning tegishli departamentlari xodimlari uchun Jahon banki ekspertlari tomonidan texnik hamkorlik dasturi doirasida “Bank rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlarning muvofiqlik mezonlari va ularni baholash. Xalqaro tajriba va amaliy misollar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening doirasida banklarning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining malaka talablariga muvofiqligini baholashning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, nomzodlarni baholashda Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng qo‘llaniladigan mezonlar, baholash jarayoni hamda nazorat qiluvchi organning mazkur jarayonning shaffofligi va xolisligini ta’minlashdagi o‘rniga oid taqdimotlar namoyish etildi.

Trening davomida Jahon banki ekspertlari tomonidan banklarning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining kasbiy tajribasi, bilim va ko‘nikmalari, ishchanlik obro‘si va mustaqil mulohaza yuritishini baholashning muhim jihatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir interaktiv tarzda olib borilib, Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasi misolida tahlil qilindi.

USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X