O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank 2019 yil 17 iyul kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:
- DQQ turi: qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;
- identifikatsion raqam: 22002UMFS;
- bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
- joylashtirish sanasi: 2019 yil 17 iyul;
- chiqarilish hajmi: 200 000 000 000 (ikki yuz milliard) so‘m;
- muomala davri: 160 kun;
- majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2019 yil 24 dekabr;
- majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;
- daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.
Auksion o‘tkazish shartlari:
- arizalarni qabul qilish vaqti: 09:00 – 11:30;
- arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;
- to‘lov valyutasi: so‘m;
- auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
- bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.