Ko‘p beriladigan savollar
- Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish 4
- Boshqa savollar 1
- Buxgalteriya 3
- Kadrlar bilan ishlash 3
- Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish 4
- Kredit tashkilotlari prudensial nazorati 4
- Kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish 3
- Naqd pul muomalasi 11
- Pul-kredit siyosati 2
- To'lov tizimlari 26
Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish 4
-
Mijozning mikroqarzi (krediti) boʻyicha hisoblangan ustama yoki foizlar 3-shaxs tomonidan (hamkor-tashkilot tomonidan) toʻlanishi mumkinmi?
Ha, mumkin. Agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, shartnoma boʻyicha majburiyatni toʻliq yoki qisman bajarish taraflardan biri bilan tegishli shartnomasi boʻlgan uchinchi shaxsga yuklatilishi mumkin. Bunda hamkor-tashkilot tomonidan mijozning mikroqarzi (krediti) boʻyicha hisoblangan ustama yoki foizlarni toʻlashi mijozning mazkur majburiyat boʻyicha qarzdorligini oʻzgartirmaydi.
-
Mikroqarz foizsiz berilishi mumkinmi?
Qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida yuz million soʻmdan oshmaydigan miqdorda pul mablagʻlarini ajratish – mikroqarz berish faoliyati hisoblanadi. Bunda toʻlovlilik foiz yoki boshqa shakldagi ustama orqali ifodalanishi mumkin.
-
Mikromoliya tashkiloti 300 mln soʻmdan ortiq miqdorda mablagʻ ajratishga haqlimi?
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan, yaʼni 300 mln soʻmdan oshadigan miqdorda kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) xizmatlarini va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishga haqli.
-
Kafolatlangan omonat miqdori necha soʻmni tashkil etadi?
Kafolatlangan omonat miqdori bir bankdagi har bir omonatchi uchun 200 million soʻmni tashkil etadi. Ushbu talab «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirgandan keyin qoʻyilgan omonatlarga nisbatan qoʻllaniladi.










