Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




Kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish 3

  • Fuqaroning bankdagi omonat mablag‘lari to‘g‘risidagi ma'lumotlar kimlarga oshkor etiladi?


    “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, bank mijozlarining operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma'lumotlar, bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki bank siri deb hisoblanadi. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi.

    Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar mijozning (vakilning) o‘ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek, ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etilishi mumkin.

  • Markaziy bank tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha belgilangan ustama foizlarni istisno tariqasida kamaytirishga haqlimi?


    “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 62-moddasiga muvofiq, kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanadi.

  • Bank omonatchi bilan tuzilgan omonat shartnomasi shartlarini, jumladan, foiz stavkasini mijozning roziligisiz bir taraflama o‘zgartirish huquqiga egami?


    “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 62-moddasiga muvofiq, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o‘zgartirish huquqiga ega emas.

USD = 10683.00
+7
EUR = 12384.80
+9.18
RUB = 151.90
+0.18
GBP = 14695.53
+33.11
JPY = 93.98
+0.04
CHF = 11630.92
+8.89
CNY = 1669.74
+0.21
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X